Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA

 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA 

  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan O‘raboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida "Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla" Dasturi doirasida amalga oshiralayotgan
ishlarni o‘rgandilar.
 

  

Mahallani obodonlashtirish doirasida «PLANDEM» MChJ tomonidan O‘raboshi ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Xususan, deputat mahalla ko‘chalarida jami 2,7 kilometr uzunlikdagi lotok ariqlarini o‘rnatish ishlarining borishi, sifati va belgilangan muddatlarga muvofiq bajarilayotganligini o‘rgandi. 

  

O‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar yuzasidan mas’ul tashkilot vakiliga deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, ko‘cha boshi O.To‘ychiyev va mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat hamda takliflar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etildi va ijrosi nazoratga
olindi.
  

Slide 1 of 6