Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
XALQIMIZNING SIYOSIY-HUQUQIY TAFAKKURINING YUKSAK NAMUNASI

XALQIMIZNING SIYOSIY-HUQUQIY TAFAKKURINING YUKSAK NAMUNASI

  Xalqimizning orzu, umidlari ezgu-maqsadlari o‘z ifodasini topgan Konstitusiyamiz, har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.Chunki yangilangan Konstitutsiyaning ijodkori aynan O‘zbekiston xalqining o‘zidir. 

Konstitusiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning umumjahon va xalqaro ekspertlar tomonidan e'tirof etiladigan xususiyatlaridan biri- uning “Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni boshqa biron bir qonunda uchratmaymiz. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati.

Konstitusiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti e'tirof etilganligidadir. Uning 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizni sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs unda inson manfaatlari va qadri ustun qo‘yilganligini guvohi bo‘ladi. Konstitusiyamizning biron bir joyida davlat manfaatlari ustun qo‘yilgan moddani uchratish amrimahol,aksincha, 

"Insonning huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi. Bu kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz.

Shuningdek,Konstitusiyamizda insonparvarlik,diniy bag‘rikenglik,millatlararo tenglik kabi g‘oyalarni tarannum etkani bilan ham ajralib turadi. 

Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, Konstitusiya 65 foizga yangilangan. Ushbu asosiy Qonunimiz jahondagi eng mukammal konstitusiyalardan biridir.. Ush ixcham va keng qamrovliligi, xalqchilligi bilan alohida ajralib turadi. Unda, umumjahoniy tajribalar, demokratik tamoyillar, milliy davlatchiligimiz merosi bo‘lgan “Avesto”dan tortib, “Temur tuzuklari”i kabi milliy davlatchilik tajribalaridan ham foydalanilganligi, qolaversa, umumxalq muhokamasiga qo‘yilib , 85 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani bilan ham e'tiborga molikdir.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Konstitutsiyasi dunyodagi eng rivojlangan davlatlar Konstitusiyalari bilan raqobatlasha oladi. Qabul qilingan hujjatni hayotimizga samarali tatbiq etish bu Konstitusiyada ko‘zlagan maqsadlarning eng muhim shartidir. Ta'bir joiz bo‘lsa, yangilangan Konstitusiyamiz mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, yurtimizning kelajakdagi ravnaqi va xalqimizning farovon hayoti uchun yanada mustahkam huquqiy asos yaratadi. Boshqacha aytganda, insonning qadr-qimmati, sha'ni va g‘ururi endilikda barcha sohalarda birinchi o‘ringa olib chiqiladi.

Qadimgi huquqshunoslikda “huquq, qonun hushyor, ogoh, g‘ayratli odamlar uchun yoziladi, g‘aflatda qolganlar uchun emas. Kim huquqlaridan foydalanmasa, ko‘rgan zarari uchun o‘zi aybdor” degan qarashlar mavjud bo‘lgan.

Shunday ekan har birimiz Konstitutsiyamizni puxta bilishimiz va qonunlarimizda kafolatlangan huquqlardan o‘z o‘rnida foydalana olishimiz lozim. Konstitutsiyada qayd etilgan burch va majburiyatlarimizni to‘laqonli bajarsak huquqiy-demokratik davlat va jamiyat qurilishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. 

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr' O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklayman !

Flora Xolmuratova

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashi deputati.

Slide 1 of 1