"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida xayrli ishlar davom etmoqda.
Tumanimizning har bir korxona-tashkilot muassasasida loyiha doirasida manzarali daraxtlar ko'chatlari ekilmoqda. Shuningdek xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdikarimov Moldabek Saxiyevichning tashabbusi bilan Yo'lchilar ovuli hududida joylashgan Uchquduq elektor tarmoqlari tashkiloti atrofiga manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.