Bandixon tuman 7-sonli maktabda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 6-Polvontosh saylov okrugidan saylangan deputat Y.Mamataliev oʼzi saylangan hududdagi saylovchilarning muammo va takliflarini oʼrgandi.Uchrashuv davomida fuqarolardan asosan yoʼllarni taʼmirlash, elektr energiyasi taʼminotidagi kamchiliklarni toʼgʼrisida murojaatlar eshitildi. Murojaatlarni tumandagi tegishli tashkilot rahbarlariga qisqa muddat Ichida ijrosini taʼminlash uchun koʼrsatmalar berildi. Va Deputat oʼz saylovchilarning barcha savollariga javob berib , mavjud muammolarni vakolat doirasida hal etishini taʼkidladi.