Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining 7-“A.Navoiy” saylov okrugi deputati S.Husaynov va 2-“Shayxon” saylov okrugi deputati D.Egamovalar o‘zlari biriktirilgan hududga deputatlik nazorati bo‘yicha keldilar.
G‘ozg‘on shahrida sanoat korxonalarini uzluksiz ishlashi va yangi rejalashtirilgan loyihalarga zarur bo‘ladigan elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 25 mVa bo‘lgan 2 transformatorli nimstansiya va 12 km uzunlikdagi 2 zanjirli 110 kVa quvvatli elektr tarmog‘ining qurilish ishlari bilan tanishdilar.