Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
янв.21
Ислоҳотлар ва ўзгаришлар майдонига айланган Когон тумани!
янв.21
Депутат
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashining Navbatdagi doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Ўзбекистон Республикаси конституцияси - сайлов тизимининг ҳуқуқий асоси!
янв.21
“Biz birgalikda yagona xalqmiz - Birlashsak Vatanmiz!!!”
янв.21
МЕНИНГ ТАНЛОВИМ – ОБОД ВАТАНИМ!
янв.21
Saylovga start berildi
янв.21
Inson huquq va erkinliklari doimiy e’tiborda
янв.21
Buxoroda ham bunyodlik ishlari avj olmoqda!
Oila - muqaddas qo'rg'on

Oila - muqaddas qo‘rg‘on

Oila azal-azaldan muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga keladi, ulg‘ayib kamol topadi. Eng avvalo oila mustahkam, tinch bo‘lsa jamiyat barqaror bo‘ladi. Unib o‘sayotgan farzandlar har tomonlama barkamol bo‘lishiga imkon yaratiladi.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq oilaning jamiyatda tutgan o‘rnini yanada oshirish, uni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ahloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish, sog‘lom oilani targib qilish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari Xamidaxon Abdug‘aniyeva, tuman Kengashi deputati. “Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Ozodaxon Dadajonova hamda tumanning Qorasuv MFY hududidagi “Oqila ayollar harakati” faollari mazkur  mahallada istiqomat qiluvchi oilalar bilan uchrashib, 

•  Oilalarni mustaxkamlash;

•  “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat – porloq kelajak”;

•  Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzularida suhbat o‘tkazdilar.

Suhbat davomida tuman Kengashi derutati O.Dadajonova "Oilada ma’naviy muhitning shakllanishida ota va onalarning alohida o‘rinlari bor. Ayniqsa, farzandlarni oilaga tayyorlash borasida “Qush inida ko‘rganini qiladi”, deganlaridek, avvalo, ota-onalarning o‘zlari ahil va totuv bo‘lib yashashlari, farzandlarga ibrat ko‘rsatmoqlari zarur. Zero, kattalarga hurmat-izzat ko‘rsatish, ularning oldida odob saqlash, duosini olish ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib kelmoqda. Mana shu an’analar, qadriyatlarga amal qilib yashashimiz, yosh avlodni sharqona odob-axloqqa o‘rgatish, qolaversa, qaynona va qaynotalar ham oilaga kelin bo‘lib kelgan yosh kelinchakka o‘z farzandlaridek munosabatda bo‘lib, mehr ko‘rsatishlari kerak", ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova

Slide 1 of 4