✅Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joylarda fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish ishlari davom etmoqda.
✅Xususan, Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 13-Joyilma saylov okrugidan saylangan deputat Salomov Mo‘min Ismoilovich viloyat Kengashidan kelgan mas’ullar bilan hamkorlikda Sho‘rchi tumanining “Joyilma” MFY hududida fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganmoqda.
✅O‘rganishlar davomida mahalla fuqarolaridan turli mazmundagi murojaatlar qabul qilinib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilmoqda. Fuqarolar tomonidan asosan ijtimoiy soha, infratuzilma, bandlik hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
✅Mutasaddilar tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.
✅ Ayrim masalalar joyida hal etilayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilmoqda.
✅Hozirda hududda fuqarolar murojaatlarini manzilli o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
✍Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi axborot xizmati B.Rajabov.