Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy AXBOROT

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tahliliy AXBOROT

2025-yil davomida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hujjatlari hamda mahalliy Kengash qarorlarining ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi muammolarini hal etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar izchil amalga oshirildi.

O‘tkazilgan sessiyalar 16 ta, Kabul qilingan qarorlar 133 ta, Normativ tusdagi qarorlar 8 ta, Muhokama qilingan qonunlar 15 ta, Sessiyada eshitilgan axborotlar 26 ta, Taqdim etilgan hisobotlar soni 110 ta, Deputat so‘rovlari 30 ta, Javob berilgan 30 ta, OAVga chiqishlar 192 ta, Mahalliy televideniya 25 ta, Bosma nashrlar 112 ta, Ijtimoiy tarmoqlar 155 ta maqolalar chop etildi.Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Navoiy shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborot Kengashda ko‘rib chiqildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni saqlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.Davlat organlari faoliyatining ochiqligi Shahardagi davlat organlari faoliyatida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etilishi holati o‘rganildi. Jamoatchilikni xabardor qilish, ochiq ma’lumotlar e’lon qilinishi, rasmiy veb-sayt va axborot platformalaridan samarali foydalanish masalalari yuzasidan tahlil o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mahalliy budjet va moliyaviy masalalar Navoiy shahar mahalliy budjeti daromadlarining 2025-yilda bajarilishi, rejadan ortiq tushumlar hisobiga ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida axborot tinglandi. Shuningdek, budjet daromadlarini oshirish, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida hisoblangan va amalda to‘langan mablag‘lar, mavjud soliq qarzdorligi holati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar Navoiy shahar tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, moddiy-texnika bazani yaxshilash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot taqdim etildi. “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar doirasidagi ishlar Shaharda “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida jamoat xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, obodonlashtirish va ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar doirasida mahallalarda aniq muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rildi.Ta’lim va madaniyat sohalari Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati, ta’lim muassasalarida shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborotlar tinglandi. Shuningdek, Navoiy shahridagi “Alisher Navoiy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida joriy kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Infratuzilma va kommunal masalalar Navoiy shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, jumladan Tinchlik ko‘chasi 1-uyga qarashli oqova suv tarmog‘ini rekonstruksiya qilish uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, markaziy ichimlik suv quvurlarini ta’mirlash, quvur yorilishi oqibatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, ayrim hududlarda ochiq qolgan qazilmalarni xavfsiz holatga keltirish ishlari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Deputatlik so‘rovlari orqali hal etilgan masalalar 2025-yil davomida deputatlik so‘rovlari orqali qator ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar ijobiy hal etildi. Jumladan: “Bahor”, “Yoshlik”, “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Vatan”, “Xonchorbog‘” mahallalarida obodonlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash; tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish; artezian quduqlarini burg‘ulash; bolalar o‘yingohlari qurilishi; elektr sim va kabellar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish; aliment qarzlarini undirish; moddiy yordam ajratish; ma’muriy bayonnomalarni bekor qilish kabi masalalar amaliy yechimini topdi.

Umuman olganda, 2025 yilda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Kelgusida ham shahar aholisining farovonligini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1