Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
Aholini ro‘yxatga olish — sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining muhim kafolati.

Aholini ro‘yxatga olish — sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining muhim kafolati.

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Davlat siyosatida fuqarolarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, aholini ro‘yxatga olish tadbiri sog‘liqni saqlash tizimini zamon talablari asosida takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi.

✨So‘nggi yillarda mamlakat aholisi sonining o‘sishi, yosh tarkibidagi o‘zgarishlar hamda ichki migratsiya jarayonlari kuchaydi. Bu esa tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojning hududlar kesimida farqlanishiga olib kelmoqda. Bunday sharoitda sog‘liqni saqlash sohasida oqilona qarorlar qabul qilish uchun aniq va ishonchli demografik ma’lumotlar zarur. Aholini ro‘yxatga olish ana shu ehtiyojni qondiruvchi muhim statistik manba hisoblanadi.

📶Tibbiy infratuzilmani samarali rejalashtirishda aholining haqiqiy soni va joylashuvi haqidagi ma’lumotlar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayrim hududlarda tibbiyot muassasalari ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan bo‘lsa, boshqa joylarda mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayapti. Ro‘yxatga olish natijalari har bir mahalla, tuman va shahar kesimida aniq demografik holatni belgilab berib, yangi shifoxonalar, poliklinikalar hamda tez tibbiy yordam xizmatlarini manzilli tashkil etish imkonini yaratadi.

📍Shuningdek, aholining yosh va ijtimoiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tibbiy xizmatlar ixtisoslashuvini to‘g‘ri belgilashga xizmat qiladi. Masalan, bolalar ulushi yuqori bo‘lgan hududlarda pediatriya xizmatlarini kengaytirish, keksalar salmog‘i katta bo‘lgan joylarda esa yurak-qon tomir, asab va surunkali kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar sonini oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu tibbiyot kadrlarini samarali taqsimlashga va xizmat sifati oshishiga zamin yaratadi.

🔄Aholini ro‘yxatga olish natijalari dori-darmon ta’minoti tizimida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aniq hisob-kitoblarga asoslangan ma’lumotlar imtiyozli va bepul dori vositalarini rejalashtirishda ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini oladi. Bu esa davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish bilan birga, bemorlarning zarur dori-darmonlarni o‘z vaqtida olishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, demografik ma’lumotlar profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Aniq ma’lumotlarga tayangan holda xavf guruhlarini belgilash, skrining tekshiruvlarini maqsadli tashkil etish va kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati kengayadi. Natijada aholi salomatligi yaxshilanib, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari pasayishiga erishiladi.

Aniq raqamlar va haqiqiy ehtiyojlarga asoslangan yondashuv esa tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sohadagi muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi. Chunki ishonchli ma’lumot — samarali boshqaruv va sog‘lom jamiyat barpo etishning eng muhim omillaridan biridir.

Nilufar Ja’farova,

Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati.

⚡️

 @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1