35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

          1. Tuman hokimi G‘Soliyevning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari, shu jumladan budjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari barpo etish yuzasidan hisoboti.

          2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi hamda korrupsiyani oldini olish yuzasidan Bag‘dod tumani prokurori A.Muxtorov axboroti.

          3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlari U.Maxmudov, Q.Mirtazaqulov, A.Ashurov, U.Yigitaliyev, X.Qambarova, O.Xalimovlarning hisobotlari.

          4. Bag‘dod tumanida ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Maxmudovning hisoboti.

          5. 2025-yil 1-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Maxmudovning hisoboti.

          6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni asosan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Maxmudovning hisoboti.

          7. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Xayitovning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida hisoboti.

          8. Tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari I.Melboyevning tumanda jamoat xavfsizligi ta’minlash haqida hisoboti.

          9. Bag‘dod tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i F.Mamajonovning 2025-yil 3-choragi davomida tumanda davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha olib borilgan ishlar holati yuzasidan axboroti.

          10. Bag‘dod tumanida suv istemolchilariga 2025-2026-yil kuz-qish (novegetatsiya) davri uchun suv olish limitlarini belgilash to‘g‘risida Bag‘dod tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori X.Maxkamovning hisoboti.

          11. Tumanda ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi, shuningdek, hududlarda atrof-muhitning holati yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bag‘dod tumani bo‘limi boshlig‘i T.Beknazarovning hisoboti.

          12. Bag‘dod tumani hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati yuzasidan tuman hokimligi Ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi A.Xojiboyevning hisoboti.

          13. Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2025-yil 21-fevraldagi “Bag‘dod tumanida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi VII-5-24-11-152-K/25-sonli qarori 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

          14. Boshqa masalalar.

Slide 1 of 8