Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i T.A.Maxmudovning hisoboti to'g'risida.

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i T.A.Maxmudovning hisoboti to'g'risida.

🦅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-son qaroriga muvofiq viloyatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashida viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Temur Maxmudovning hisoboti eshitildi.

🤔Hisobotda tizimda amalga oshirilayotgan bir qancha ishlar aytib o'tildi. Xususan, 

➡️amalga oshirilgan ishlar hamda chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha yil yakuni bilan Bandlik dasturi 333,1 mingtaga yoki 104 foizga bajarilishi prognoz qilingan, 85,0 ming oila (366,0 ming nafar a’zolari soni) kambag‘allik reyestriga kiritilgan bo‘lib, joriy yilda 35 663 ta oila (a’zolari 163 384 nafar) ni kambag‘allikdan chiqarish hamda ishsizlik darajasini 4,5 foizga yetkazish rejalashtirilganligi;

➡️Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 270,9 ming aholini band qilish belgilangan bo‘lib, amalda dastlabki ijro 314,8 ming aholi (116 foiz) daromadli mehnat bilan band qilingan.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarga tuzilgan individual rejalar asosida 43 342 ta oilalarga daromadini oshirishga qaratilgan 65 901 ta barqaror bandlik xizmatlar ko‘rsatilganligi;

⚡️Kambag‘al oilalarga ko‘rsatilgan xizmatlar natijasida yilning o‘tgan davri mobaynida 36,8 ming ta oila (a’zolari soni 155,2 ming nafar) kambag‘allik reyestridan chiqarilgan. Bugungi kunda viloyatdagi 13 357 ta korxona va tashkilotlarda jami 36 033 ta bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Shundan 5 311 tasi davlat tashkilotlarida, 30 722 tasi xususiy sektor korxonalaridaligi; 

➡️Joriy yil yakuniga qadar 4 702 ta oila (a’zolari soni 24 956 nafar) ni kambag‘allik reyestridan chiqarish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi; 

➡️Hisobotda, 2026 yilda 27,2 ming ta oila (a’zolari 108,6 ming nafar)ni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan. "Kambag‘al oilalar reyestri"ga kiritilgan oilalar 2026 yilda kuyidagi daromadli mehnat bilan ta’minlash belgilangan.

12 218 ta oilalar (a’zolari 48 877 nafar) bandligi ta’minlanishi, 

1 830 ta oilalar (a’zolari 8 369 nafar) kasb-hunarga o‘qitilishi,

13 130 ta oilalar (a’zolari 51 354 nafar) biznesga jalb qilinishi belgilanganligi;

➡️“Yangi yondoshuv” lar asosida 65 440 nafar ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash va 22 463 nafar fuqaroning daromadini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi T.Maxmudov tomonidan deputatlarga ma'lum qilindi.

M.Po'latov

Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1