Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
DEPUTAT QANDAY BO‘LISHI KERAK

Deputatning eng muhim fazilatlaridan biri - jamoat bilan ishlash jarayonida belgilangan reglamentga qat’iy amal qilishdir. Reglament tartib-intizomni, mas’uliyatni va tizimli ishlashni ta’minlaydi. Kengash sessiyalari, komissiya yig‘ilishlari, deputatlik so‘rovlari va fuqarolar qabuli belgilangan tartib asosida olib borilishi deputat faoliyatining samaradorligini oshiradi. 

Shu bois deputat har bir majlisda o‘z vaqtida qatnashishni, barcha masalalarni puxta o‘rganib chiqishni va qarorlar bo‘yicha asoslangan pozitsiyani bildirishni o‘ziga doimiy talab sifatida qo‘yishi kerek. 

Deputat fuqarolar bilan uchrashuvlarda hurmat va e’tibor tamoyillariga qat’iy amal qilishga, ularning dardini diqqat bilan tinglashga, har bir murojaatni befarq qoldirmaslikka, ochiq va halol muloqot olib borishga harakat qilishi lozim. Chunki deputatning odobi - uning xalq oldidagi obro‘si va ishonchidir. 

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident farmonlari, qarorlar va dasturlar-jamiyat rivojining asosiy harakatlantiruvchi kuchi. Deputat har bir normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganib, uning ijrosini joylarda ta’minlashga alohida e’tibor qaratishi lozim. 

Qonunlar ijrosini nazorat qilish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, mahalliy muammolarni yechishda huquqiy mexanizmlarni qo‘llash-deputatning kundalik vazifalaridan biri hisoblanadi. Biz qonunni bilishimiz, tushunishimiz va amalda qo‘llay olishimiz shart. 

Bizning faoliyatimizda yana bir eng asosiy o‘lchov - xalqning ishonchidir. Shuning uchun muntazam ravishda mahalla fuqarolar yig‘inlarida, tashabbusli uchrashuvlarda, ochiq muloqotlarda ishtirok etib kelamiz. Har bir uchrashuvda ko‘tarilayotgan masalalar bo‘yicha, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish, muammolarni joyida o‘rganish, mas’ullardan aniq javob va muddat talab qilish ustuvor ahamiyatga ega. 

Bugungi davr deputatdan faqat kuzatuvchi emas, balki taklif beruvchi, tashabbus ko‘rsatuvchi, amaliy natija taqdim eta oladigan lider bo‘lishni talab qiladi. Mahallalarda infratuzilma loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish mening amaliy tashabbuslarimning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. 

Xulosa qilib aytganda deputat - bu xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prikdir. Bu ko‘prik reglamentga rioya qilish, deputatlik odobiga amal qilish, qonunlar va qarorlarni chuqur bilish, xalq bilan doimiy muloqot, amaliy tashabbuslar bilan mustahkamlanadi. 

Biz - har birimiz faoliyatimizda mana shu tamoyillarni bosh mezon qilib olishimiz zarur va xalq ishonchi eng katta boylik hamda eng katta mas’uliyatdir.

O‘. AKKULOV
Xalq deputatlari tuman Kengashining
Reglament va
deputatlik odobi bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi