Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda...

Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

 Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova Yangi yo‘l MFY raisi bilan birgalikda mahalla hududidagi ijtimoiy soha tashkilotlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari holati o‘rganildi

 Mazkur nazorat tahlil tadbirda 14-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasidagi amaliy ishlar o‘rganildi va joyida tahlil qilindi.

 O‘rganish jarayonida deputat tomonidan mas’ullar bilan hamkorlikda mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, mahalla aholisi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi

 Mahalla yettiligi va deputat o‘rtasidagi bunday samarali hamkorlik fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish, hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda mahalla hayotida faollikni oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.