Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
Dunyo tinchligi, taraqqiyot va adolat sari dadil qadamlar

#munosabat 

Dunyo tinchligi, taraqqiyot va adolat sari dadil qadamlar

Bugungi murakkab va tez o‘zgarayotgan dunyoda barqaror taraqqiyot, xavfsizlik va adolatli xalqaro munosabatlar tizimini yaratish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kuni kecha Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan Bosh Assambleyaning 80-yubiley sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutq ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan, xalqaro hamjamiyatni o‘zaro ishonch, manfaat va hamkorlik asosida yangicha fikrlashga chaqirgan muhim nutq bo‘ldi.

BMT minbaridan turib aytilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslar va bayon qilingan pozitsiyalar orqali Prezidentimiz dunyo hamjamiyatini yuzlashib turgan global xavf-xatarlar – urushlar, geosiyosiy ziddiyatlar, ekologik inqiroz, iqlim migratsiyasi, iqtisodiy novdalat va texnologiyaviy tangliklarga qarshi birgalikda chora ko‘rishga da’vat etdi. Ushbu nutq mamlakatimiz tashqi siyosatining tinchlikparvar, insonparvar va barqaror rivojlanishni ustuvor qiladigan, xalqaro normalarga suyangan ochiq siyosiy irodasini yana bir bor namoyon qildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar o‘ta dolzarb va manzilli ekani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy xalqaro platformaga aylantirish, mintaqamizda suv resurslaridan oqilona foydalanish, “yashil” texnologiyalar kabi, barqaror transport logistikasi uchun global mexanizmlarni ishlab chiqish, Afg‘oniston orqali tranzit va energetika loyihalarini amalga oshirish, “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni tashkil etish, hamda Orolbo‘yini qayta tiklash bo‘yicha global e’tirof etilgan tajribalarni ko‘paytirish takliflari nafaqat mamlakatimiz, balki butun mintaqa va rivojlanayotgan davlatlar uchun ham katta amaliy ahamiyatga ega.

Bu chiqishda nafaqat tashabbuslar bor, balki javobgarlik ham mujassam. Davlatimiz rahbari BMT Bosh kotibining global muammolarni murosa va diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuksak baholar ekan, aynan BMTni dunyodagi tinchlik va hamjihatlikning markazi sifatida saqlab qolish kerakligini qayd etdi. Bu qat’iy pozitsiya – O‘zbekistonning xalqaro maydondagi yangi siyosati, yangi yuzini anglatadi.

Xalqaro xavfsizlik sohasida ham davlatimiz haqiqiy yetakchi va maslakdoshga aylanib bormoqda. Afg‘oniston muammosiga nisbatan konstruktiv, insonparvar va pragmatik yondashuv, G‘azo muammosida "ikki xalq – ikki davlat" tamoyilini qo‘llab-quvvatlash, Ukraina bo‘yicha diplomatik yechimlarni rag‘batlantirish, Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish borasidagi tashabbuslar – bularning barchasi O‘zbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosatini amalda tasdiqlaydi.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar – kambag‘allikni qisqartirish, ta’lim va sog‘liqni saqlashni isloh qilish, kichik biznesni rivojlantirish, “yashil” energetikaga o‘tish, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash – nafaqat ichki barqarorlikni ta’minlamoqda, balki boshqa davlatlarga ham ilg‘or tajriba sifatida namoyon bo‘lmoqda. Prezidentimiz nutqida ushbu natijalarning asosiy maqsadi – inson qadrini yuksaltirish ekani yana bir bor ta’kidlandi.

Bu nutq – O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borayotganining yorqin isboti. Dunyo davlatlari bugun O‘zbekistonni tinchlikka, barqarorlikka va hamjihatlikka chorlovchi ishonchli sherik sifatida ko‘rishmoqda. Ayni paytda, bu biz – siyosiy partiyalar, deputatlari, jamoatchilik va butun xalq zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda. Biz, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari davlatimiz rahbarining bu bayonotini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va undagi har bir tashabbusning hayotga tatbiq etilishida faol ishtirok etishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Ximmat OKBUTAYEV,

Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashi deputati

⚡️ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 1