Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Kogon tuman Cho‘kati arig‘i ham zamon talabiga moslashtirildi
янв.21
2025 yil 10-aprel kuni O‘ba cho‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-son o‘rta maktabida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
✏️DEPUTAT HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
#Deputat saylovchilari oldida axborot berdi. Xalq deputatlari kengashi Kogon tuman deputati Ro'ziyev Askar O'tkirovich 2025-yilning birinchi choragi davomida o‘z saylov okruugida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Yig'ilishda mahalla faollari mahalla ko'cha boshilari hamda hudud aholisi ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida saylovchilar hududdagi muammolar yuzasidan o‘z taklif - mulohazalarini bildirdilar. Deputat mahalla bilan hamkorligida ichki imkoniyatlardan kelib, chiqib ijtimoiy muammolarni yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilashga hamda deputat so‘rovlari chiqarishga kelishib olindi
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya ishida quydagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi:

- Furqat tumani prokurorining 2025-yil to‘qqiz oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurash soxasidagi qonunchilik ijrosi va nazorat holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- Furqat tumani Ichki ishlar bo‘limining 2025-yil to‘qqiz oyi davomida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek, jamoat xavfsizligi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- Furqat tumani Adliya bo‘limining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan axboroti to‘g‘risida;

- Furqat tumanida 2025-2026-yillar kuz-qish davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida;

- Furqat tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026-yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida;

- Furqat tumani mahalliy budjetining 2025-yil uchunchi chorak ijrosi to‘g‘risida;

- “Yoshlar daftari” jamg‘arma mablag‘larini shaklantirish to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Furqat tumanidagi Xalq qabulxonasining 02.10.2025-yildagi 11-25/42-sonli axborotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

- Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2025-yil 20-fevraldagi VII-5-19-11-164-K/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalalardan iborat bo‘ldi.

Muzokaralarga boy kechgan yig‘ilish yakunida muhokama etilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 6