35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
O‘ZBEK TILI – YANGI O‘ZBEKISTONNING RUHI VA G‘URURI!

Ona til — xalqning o‘zligini ifodalovchi eng ulug‘ qadriyat. U tarix, madaniyat va milliy tafakkur xazinasidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqda shunday deydi:

“Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilishlarimizda ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-qudrat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.”

Darhaqiqat, til — millatni birlashtiruvchi, avlodlar o‘rtasida ma’naviy bog‘lovchi ko‘prikdir. O‘zbek tili esa xalqimizning g‘ururi, davlatimizning timsoli, mustaqilligimizning tayanchidir.

O‘sha paytda mamlakatimiz hali mustaqil bo‘lmagan, siyosiy sharoit og‘ir bo‘lgan. Shunga qaramay, xalqimiz o‘z ona tiliga davlat maqomini berish uchun qat’iy turib, tarixiy jasorat ko‘rsatdi. Bu qonun keyinchalik 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida mustahkam o‘rin oldi. Unda:

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”

deya belgilandi va barcha millatlarning tillari hurmat qilinishi ta’minlandi.

Bugungi kunda o‘zbek tili sayyoramizda eng keng tarqalgan 40 ta til qatoriga kiradi. Dunyoda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million nafardan ortiq. Bu — o‘zbek tilining xalqaro nufuzi ortib borayotganidan dalolatdir. O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zoligi ham o‘zbek tilining xalqaro maydondagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

2019-yil 21-oktabrda Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat o‘zbek tilini rivojlantirishda yangi davrni boshlab berdi.

Bugungi kunda:

• Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyat yuritmoqda;

• Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida yangi yo‘nalishlar, shu jumladan, kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi ochilgan;

• Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish markazlari tashkil etilgan;

• O‘zbek tilini o‘rganish uchun onlayn platformalar, mobil ilovalar va interaktiv lug‘atlar yaratilgan.

Bu ishlardan maqsad — ona tilimizni raqamli, ilmiy, iqtisodiy va xalqaro sohalarda to‘laqonli joriy etishdir.

Ko‘p tillilik – boylik, lekin ona til – tayanch

O‘zbekiston bugun ko‘p millatli davlat sifatida 150 ga yaqin milliy madaniy markazni birlashtiradi. Mamlakatda ta’lim 7 tilda olib boriladi, OAV esa o‘zbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, tojik, qirg‘iz va turkman tillarida faoliyat yuritadi. Biroq bularning barchasi o‘zbek tilining asosiy davlat tili sifatidagi o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlamoqda.

O‘zbek tili — millat ruhi, davlat ramzi, Yangi O‘zbekistonning ma’naviy poydevoridir. Uni asrash, boyitish, zamon talablari asosida rivojlantirish — har birimizning fuqarolik va insoniy burchimizdir.

Tilga e’tibor — elga e’tibor. Demak, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga hissa qo‘shish har bir yurtdoshimiz uchun sharafli mas’uliyatdir.

Slide 1 of 1