35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
Davlat tilini ardoqlash-fuqarolik burchimiz

Davlat tilini ardoqlash-fuqarolik burchimiz

Tarixdan bilamizki, bizning ajdodlarimiz necha ming yillar oldin ham o‘z yozuv madaniyatiga ega bo‘lishgan. Bugungi kunda dunyoda 50 milliondan ko‘p odam o‘zbek tilida so‘zlashayotgani internet xabarlarida qayd etilgan. Har bir millatning yuragi, uning ruhi va qalbi – bu ona tilidir. Ona tili orqali millatning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, ruhiyati va ma'naviyati avloddan-avlodga o‘tadi. Shu ma'noda, davlat tilining nufuzi oshirilishi – faqatgina til masalasi emas, balki millatning kelajagi, uning o‘zligini asrab qolish masalasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tili – o‘zbek tili ekani belgilab qo‘yilgan. Bu norma 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun orqali huquqiy asosini topgan. Bugungi kunda bu sana yurtimizda Davlat tili kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu – har bir fuqaro uchun fuqarolik burchi, faxr va mas'uliyat timsoli bo‘lishi lozim.

Shu bilan birga, davlat tili faqat hujjatlarda yoki rasmiy nutqdagina emas, balki kundalik hayotimizda ham ustuvor o‘rin egallashi kerak. Bu borada barchamiz – deputatlar, davlat xizmatchilari, ta'lim muassasalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida ulkan vazifa turibdi. Davlat tilida sof va to‘g‘ri gapirish, yozish, uning me'yorlariga amal qilish – har birimiz uchun fuqarolik burchi bo‘lishi lozim.

Ba'zida hali ham rus tilidan voz kecholmaslik holati ta'bimizni xira qiladi. Nafaqat uzoq qishloqlarga borib qolsangiz, balki tuman, shahar markazlarida ham biror xizmat ko‘rsatish nuqtasi ochilgan bo‘lsa “Мы открылись", “Мы здесь!” deb yozilgan bannerlarni ko‘rib ensangiz qotadi. Yoki shu nuqtalarga xorijiy tillarda yozilgan nomlarni ko‘rib, “bu yerda nima yozilgan ekan?” deb o‘ylanib qolasiz.

Ko‘p millatli Navoiy shahar misolida ham bu masala dolzarb ahamiyatga ega. Bugun shahrimizda davlat idoralarida hujjat aylanishi to‘liq davlat tilida yuritilmoqda, ta'lim muassasalarida ona tiliga muhabbatni oshirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Biroq bu yetarli emas – yoshlarda til madaniyatini oshirish, yangi avlodni ona tilida fikrlaydigan va gapiradigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash asosiy vazifamiz bo‘lib qolmoqda.

Bu borada barchamiz – deputatlar, davlat xizmatchilari, ta'lim muassasalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari oldida ulkan vazifa turibdi. Davlat tilida sof va to‘g‘ri gapirish, yozish, uning me'yorlariga amal qilish – har birimiz uchun fuqarolik burchi bo‘lishi lozim. Bugun har birimiz o‘z fikr-mulohazalarimizni baralla o‘z tilimizda ayta olamiz, yoza olamiz. Bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q. Albatta, shevada gapirishni hech kim taqiqlamaydi, ammo yozganda to‘g‘ri yozish har birimizdan ko‘p mehnat talab etmaydi.

Davlat tiliga hurmat – bu Vatanga muhabbatning ifodasidir. Biz tilimizni sevishimiz, hurmat qilishimiz kerak. Shu boisdan, har bir deputat, har bir rahbar va fuqaro o‘z so‘zi, o‘z faoliyati orqali bu qadriyatni hayotga tatbiq etishi kerak.

Bugungi globallashuv davrida xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy dunyo bilan hamnafas bo‘lish muhim bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, biroq bu jarayonlar hech qachon ona tilimizning nufuziga soya solmasligi lozim. Biz, deputatlar ham, bu borada faqat Davlat tili bayrami arafasida emas, balki doimiy ravishda aholi bilan tilimiz barqarorligini ta'minlash uchun ishlashimiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ta'biri bilan aytganda:

“Hozirgi kunda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ezgu intilish va harakatlarimiz hal qiluvchi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu yo‘lda milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan ona tilimiz, hech shubhasiz, beqiyos kuch-quvvat va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.”

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich

Slide 1 of 1