35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 Joriy yilning 3-oktabr kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 17-sessiyasi kun tartibida shahar Maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limiga qarashli ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasi atroflicha muhokama etilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tanqid qilingan edi. Sessiya qarorida har bir deputat o‘z saylov okruglaridagi obyektlarni nazoratga olishi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rishda ishtirok etish vazifasi yuklatilgan. Shundan kelib chiqqan holda Xalq deputatlari shahar kengashining deputati J.Usmonaliyev tomonidan 25-“Navro‘z” saylov okrugidagi 14-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordi. 14-maktabda 2 ta isitish qozonlari mavjud bo‘lib, barchasi soz holatga keltirilgan.
Qozonxona operatorlarini o‘qitish, tegishli gaz idorasidan ruxsatnoma olish, sarflanayotgan kommunal xizmatlarni aniq miqdori va mablag‘ini har oylik monitoringini yuritish, o‘lchov asboblarini soz holatda saqlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, maktab oshxonasida o‘quvchilarni ovqatlanishi ham nazoratdan o‘tkazildi. Andijon mahalasida olib borilayotgan obodonlashtirish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasi ham ko‘rib chiqildi.  

Slide 1 of 2