35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 CHOLOKI MFYDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi kotibiyati mudori, deputat A.Bozorov tuman Axborot-resurs markazi (ARM) faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmera Bekjonovnaning bir kunlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati to‘g‘risida
янв.21
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: jamoatchilik bilan hamfikrlikda taraqqiyot sari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON TUMAN KENGASHI KOTIBIYATI HAMDA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARINING 2025-YIL NOYABR OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLARNING INFOGRAFIKASI
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida deputatlar faol ishtirok etishmoqda!
янв.21
Kogon tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari izchil davom etmoqda!
янв.21
"Tazyiq va zo’ravonliklarsiz sog’lom jamiyat sari” Shiori ostida “Qonun ustuvor – jazo muqarrar” mavzusida, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Kogon tuman Kengashi deputati Karimova Gulmira Bekjonovna aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tazyiq va zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Uchrashuv davomida muammolarga yechim topishga harakat qilindi va bildirilgan taklif va mulohazalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat nazorati
MIROBOD TUMANIDA “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINING 1-3-MAQSADLARI IJROSI YUZASIDAN JAMOATCHILIK NAZORATI BO‘YICHA UCHRASHUVLAR TASHKIL ETILDI

O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasini 1-3-maqsadlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazorati bo‘yicha uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi 28-Yangi Qo'yliq okrug deputati Sevara Rizayeva, O‘zLiDeP Mirobod tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Feruza Murodxodjayeva va ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tumandagi 183-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan shart sharoitlar, o‘qitish sifati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. Jumladan, muassasada 360 nafar bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib xozirda 355 nafar mavjud. Ingliz tili, metodist, defektolog yo‘nalishdagi xodimlar soni 42 nafar,
shulardan 20 nafari pedagog. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan o‘rganishlar natijasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
 

Shuningdek, ishchi guruh 125-sonli maktabda yaratilgan shart sharoitlar, o‘qitish sifati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi. Jumladan, maktabda o‘quvchilar soni 1650 nafar bo‘lib shundan 1047 nafari 1-smenada, qolgan 603 nafari 2-smenaga bo‘lib o‘qitiladi. Maktab kapital remont qilingan. 108 nafar xodim mavjud. Shuningdek, maktab 10 dona tikuv mashinasi hamda 12 dona stanok bilan taminlangan. Sinf xonalarda kullerlar mavjud. Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan o‘rganishlar natijasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish
yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
  

Slide 1 of 10