Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati I. Ashrapova tomonidan saylov okrugida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.
📑Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.
💼Shuningdek, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish beruvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
🔎Muloqot davomida yoshlarning bandligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
🎯Asosiy maqsad — yoshlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini oshirish.