Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi

Fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, e’tirof etish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi.
🗣 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmuni hamda asoslari o‘rganildi.
📋 Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda qayd etilib, ularni ko‘rib chiqish va qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga yo‘naltirish belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlar yuzasidan amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.