Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 11-А.Navoiy saylov okrugi deputati Mardanova Dilfuza Abduxalimovna tomonidan A.Navoiy mahallasida 2026-yil III choragi davomida amalga oshirilgan faoliyat yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi bosh mutaxassisi, shuningdek, elektr, gaz, ichimlik suvi, yo‘l, “Toza hudud”, obodonchilik, bandlik tashkilot vakillari, hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Deputat o‘z axborotida III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar: Turon mahallasining ichki ko‘chalari asfaltlashtirish ishlari bajarildi. A.Navoiy mahallasidagi elektr ta’minoti va ko 'cha chiroqlari muammosi bartaraf etildi.
Uchrashuvda tushgan murojaatlarga mas’ul tashkilot vakillari bilan chora-tadbirlar belgilandi.