Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yuqoriovul mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Yuqoriovul mahallasida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

⚜️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov tomonidan Yuqoriovul mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi hamda mahalla hududining tozaligini ta’minlash holati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, chiqindi yig‘ish maydonchalarining holati, ko‘chalar va aholi yashash hududlarining sanitariya holatiga e’tibor qaratildi.

🔰Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish borasida mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

❗️Tozalik — salomatlik garovi! Mahalla ozodaligini saqlash va atrof-muhitni asrash har birimizning burchimizdir.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2