Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati F.Sarmanov, Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova, Kengash kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, tuman hokimi o‘rinbosari H.Ziyamutdinov hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassisi ishtirokida Fayzobod MFY hududida yashovchi fuqaro F.Eshonqulovning moddiy yordam masalasidagi murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masala atroflicha muhokama qilinib, amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tegishli mas’ullar tomonidan vaziyatga huquqiy baho berildi.

Murojaatchiga moddiy yordam ajratish tartibi, bu borada belgilangan talablar hamda murojaatni ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5