Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 18-O‘zbekiston saylov okrugi deputati L.Karimova hamda Kengash kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan Abay mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi”ning ish faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Shuningdek, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, profilaktik tadbirlarni tashkil etish hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
📋 O‘rganish jarayonida “yettilik” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, vazifalarning ijrosi va aholi bilan ishlash samaradorligi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
💬 Aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mahalladagi mavjud muammolarga amaliy yechim topish — ustuvor vazifalardan biridir.
🇺🇿 Mahalla — xalq bilan davlat o‘rtasidagi eng muhim bo‘g‘in. Uning samarali faoliyati hududdagi ijtimoiy barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.