Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Amaliy seminar tashkil etildi

Amaliy seminar tashkil etildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashida deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mutaxassislari O.Orifbayev va Sh.Abdullayev ishtirok etib, deputatlar hamda Kengash kotibiyati xodimlariga amaliy-uslubiy tavsiyalar berdilar.

Tadbirda Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Nurmatov va M.Abdulmajidov hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlarning sessiyadan avval saylov okruglarida o‘rganishlar olib borishi, aniqlangan muammo va takliflarni Kengash kotibiyatiga kiritib borishi hamda amalga oshirilgan ishlarni hujjatlar va fotofaktlar bilan asoslab borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarning saylov okruglarida fuqarolar bilan ishlash amaliyoti, ko‘chama-ko‘cha yurish daftarlarini yuritish, doimiy komissiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19¹-moddasida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, biriktirilgan qonunlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar hamda deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikdagi faoliyati muhokama qilindi.

Bundan tashqari, namunaviy doimiy komissiya qarorlari ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish, Kengash kotibiyati xodimlarining saylov okruglarida olib borayotgan amaliy faoliyatini tizimli tashkil etish hamda bajarilgan ishlarni aniq dalillar, hujjatlar va fotolavhalar asosida yoritish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Seminar yakunida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, qonunlar va Kengash qarorlari ijrosini joylarda muntazam o‘rganib borish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni hujjatlar va fotofaktlar bilan tasdiqlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Mazkur seminar deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, doimiy komissiyalar ish samaradorligini oshirish hamda Kengash faoliyatida ochiqlik va natijadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4