Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

 Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi A.Kamalov tomonidan Namangan shahrining “G‘uncha” mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlik hamda ijtimoiy sohadagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralar mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.

Tadbir davomida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish, aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish hamda hududni yanada obod va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5