Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov «Sayopir» mahallasida kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Oxunjon Hasanov bilan birgalikda Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan oilalar bilan uchrashdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mahallada 8 ta oila «kambag‘allik chegarasidagi oila», 34 ta oila esa «kambag‘al oila» maqomiga ega bo‘lib, ularning jami 170 nafar aʼzosi mavjud. O‘rganish davomida ushbu oilalarga ijtimoiy markaz tomonidan zarur xizmatlar ko‘rsatilayotgani maʼlum bo‘ldi.
Kengash raisi tomonidan kambag‘allik chegarasidagi oila aʼzolarining qobiliyati, kasbiy ko‘nikmalari va xohish-istaklarini inobatga olgan holda ularning bandligini taʼminlash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi yuzasidan takliflar bildirildi.