#19¹_modda
#24_tavsiya
#Nazorat_tahlil
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul tomonidan 24-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida nazorat-tahlil ishlari olib borildi.O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik holati, sanitariya-gigiyena talablari va tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazoratining bunday shakli hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.