📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nodir Abdurahmonov Xosiyatli mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan suhbatlashdi.
Muloqot davomida mahalladagi mavjud holat, aholi murojaatlari, ijtimoiy masalalar hamda hududda yechimini kutayotgan muammolar muhokama qilindi.
Deputat mahalla faollari bilan hamkorlikda aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratdi.