Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
янв.21
🔰Barcha deputatlarga tegishli eng muhim QONUNLAR!
янв.21
MAHTUMQULI MFYDA MAVJUD MUAMMOLAR O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 2-Shalxar saylov okrugi deputati K. Narchayev tomonidan Shalxar OFYda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida hal etish maqsadida deputatlik qabuli tashkil etildi.

🤝 Qabul jarayonida Ovul fuqarolar yig‘ini yettiligi, tuman obodonlashtirish bo‘limi, “Toza hudud”, suv ta’minoti hamda Davlat soliq inspeksiyasi mas’ullari ishtirok etdi.

📌 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-maishiy masalalar, hudud obodonchiligi, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya-tozalik va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan birma-bir tinglanib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

🗣 Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif, fikr va murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📍 Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 5