Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi

Hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda aholi uchun qulay va toza muhit yaratish masalalari doimiy e’tiborda.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati B. Dilliyev tomonidan tumanda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududlarda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari, mavjud muammolar hamda sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, hududlarni toza saqlash va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Hududlarda sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash borasidagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 2