#qonunchilikdagi_yangiliklar #162_ta_eng_muhim_qonun #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️ Mulk va raqobat sohasi
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati To‘lqin Teshaboyevga Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati doirasida mulk va raqobat sohasiga oid quyidagi muhim qonun biriktirilgan:
📝 “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📆 O‘RQ-821 | 09.03.2023
⚖️ Mazkur qonun deputat tomonidan doimiy komissiya faoliyati doirasida o‘rganilib, uning hududlardagi ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish, davlat mulkini samarali boshqarish va undan oqilona foydalanish, davlat mulki obyektlari bilan bog‘liq jarayonlarda qonunchilik talablariga rioya etilishini o‘rganish hamda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash