Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#e'tirof
янв.21
#e'tirof
янв.21
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurash — inson qadrini himoya qilishdir!
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
янв.21
BU SHUNCHAKI RAQAM EMAS. BU — 35 TA OILANING QALBIDAGI XOTIRJAMLIK!
янв.21
2026-yil 29-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mamedov Mustafo Sodiqovich
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan fuqarolar o‘rtasida huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati Jo‘ra To‘rayev tashabbusi bilan Kogon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan samimiy davra suhbati tashkil etildi.
Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda O‘rtasaroy MFY xotin-qizlar faoli hamkorligida O‘rtasaroy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan bozorlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi, narx-navosi hamda aholiga qulay shartlarda taklif etilayotgani holati ko‘zdan kechirildi.

Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy mahsulotlar, jumladan, un, yog‘, guruch, shakar, go‘sht va boshqa mahsulotlarning chakana narxlari tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar jamlanib, aholini zarur iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda bozorlarda barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3