Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#e'tirof
янв.21
#e'tirof
янв.21
Odam savdosiga qarshi kurash — inson qadrini himoya qilishdir!
янв.21
“Ogohlik va hamkorlik — odam savdosi hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashning muhim garovi”
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun javobgarlik kuchaytiriladi
янв.21
2026-yil 29-sentabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
BU SHUNCHAKI RAQAM EMAS. BU — 35 TA OILANING QALBIDAGI XOTIRJAMLIK!
янв.21
Mamedov Mustafo Sodiqovich
янв.21
Kogon shahar Kengashi deputati Jo‘ra To‘rayev tashabbusi bilan Kogon shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan samimiy davra suhbati tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan fuqarolar o‘rtasida huquqiy bilim va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston: yangi imkoniyatlar va aniq natijalar sari

Tashrif davomida yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy korxonalar,
tibbiyot va ijtimoiy sohalardagi obyektlar faoliyati bilan tanishildi. Eng
muhimi, amalga oshirilayotgan barcha ishlarning markazida inson manfaatlari,
aholi bandligi va daromadlarini oshirish, munosib turmush sharoitlarini
yaratish kabi muhim maqsadlar turgani yaqqol namoyon bo‘ldi.


Tashrif doirasida 592 million dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirildi.
Shu bilan birga, xorijiy hamkorlar ishtirokida amalga oshiriladigan 7
milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Ushbu
loyihalar hisobiga 8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilishi
belgilangan.


Bu ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘istonda yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga
qo‘yish, investitsiyalarni jalb etish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha
katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yangi ish o‘rinlarining
yaratilishi nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkich, balki minglab oilalar uchun barqaror
daromad manbai yaratilishi bilan ahamiyatlidir.


Tashrif davomida sog‘liqni saqlash sohasiga qaratilgan e’tibor ham alohida
ahamiyatga ega. Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasida zamonaviy
sharoitlar yaratilgan bo‘lib, majmuaning tashkil etilishiga 154 milliard
so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan va 80 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar o‘rta
tibbiyot va farmatsevtika xodimining malakasini oshirish imkoniyati
yaratiladi.


Bu, ayniqsa, Orolbo‘yi hududida tibbiyot xodimlarining bilim va amaliy
ko‘nikmalarini muntazam oshirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni
o‘zlashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada
yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Kelgusi yilda Qoraqalpog‘istonga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilish
vazifasining belgilanishi ham hudud iqtisodiy salohiyatini yanada keng namoyon
etish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Buning uchun har bir tuman va hududning
mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanish, investorlar uchun qulay sharoit
yaratish, istiqbolli loyihalarni shakllantirish va ularni o‘z vaqtida ishga
tushirish muhim.


Aholining daromadlarini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida
ham muhim vazifalar belgilandi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlik kreditlari
bo‘yicha stavka 17,5 foizdan 12 foizga tushiriladi. Kelgusi yilda bu
yo‘nalishdagi resurslar 2 barobar oshirilib, “drayver” loyihalarga 100
million dollar yo‘naltirilishi va shu orqali kamida 50 ming nafar odamni
daromadli qilish maqsad qilingan.


Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida men uchun tashrifdan kelib
chiqadigan eng muhim vazifalardan biri — davlatimiz rahbari tomonidan belgilab
berilgan topshiriqlarning hududlarda amaliy ijrosini nazorat qilish, aholi
bilan doimiy muloqotda bo‘lish va yaratilayotgan imkoniyatlarning fuqarolar
hayotida o‘zining aniq ifodasini topishiga ko‘maklashishdir.


Ayniqsa, yangi loyihalar va investitsiyalarni faqat raqamlarda emas, balki yangi
ish o‘rinlari, aholi daromadlarining ko‘payishi, tadbirkorlikning rivojlanishi
va oilalar farovonligining oshishi orqali baholash muhim.


Bugun Qoraqalpog‘iston oldida turgan vazifalar aniq: mavjud iqtisodiy
salohiyatdan samarali foydalanish, investitsiyalarni ko‘paytirish, aholi uchun
daromad manbalarini kengaytirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va har bir
hududda munosib yashash sharoitlarini yaratish.


Ishonamanki, belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishi
Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini
oshirish va hududning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.