Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Sessiya_oldi_o'rganish
📍 Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Adolat sotsial-demokratik partiyasi Kengashi raisi Q. Allanazarov ishtirokida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

🛣 Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida tashkil etildi.

🔎 O‘rganish davomida tuman markazida joylashgan, hozirda faoliyat yuritmayotgan yer osti piyodalar yo‘lakchasi holati ko‘zdan kechirilib, mazkur obyekt bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3