Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI 🗓 2026-yil 21–26-sentabr kunlari uchun haftalik ish rejasi

📊 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI

🗓 2026-yil 21–26-sentabr kunlari uchun haftalik ish rejasi

🔹 21.09.2026-yil (Dushanba)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi deputati M. Yarashov tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan hamkorlikda texnika yordamida paxta terish jarayonining borishini o‘rgandi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P.Rahmonov


🔹 22.09.2026-yil (Seshanba)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda "Navbahor" mahallasi, Xazorasp ko‘chasi, 1/2-uy, 6-xonadonda yashovchi imkoniyati cheklangan (nogironligi bo‘lgan) fuqaro M. D.ning holidan xabar oldi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A. Komilov

🔹 23.09.2026-yil (Chorshanba)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi deputati Z. Dovlatov tuman Kengashi kotibiyati xodimlari bilan hamkorlikda "Pastom" mahallasidagi 1-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurayotgan "Xorazm Stroy Invest Kapital" XK tomonidan 1 milliard 572 million so‘mlik loyiha-smeta asosida olib borilayotgan qurilish obyektini o‘rgandi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P. Rahmonov

🔹 24.09.2026-yil (Payshanba)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi kotibiyati mudiri X. Sultonov "Nurobod" mahallasida hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan aholi xatlovi natijalarini o‘rgandi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A. Komilov

🔹 25.09.2026-yil (Juma)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi raisi X. Sultonov "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining "Pastom" mahallasidagi kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi ish faoliyatini va samaradorligini o‘rgandi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P. Rahmonov

🔹 26.09.2026-yil (Shanba)
Tadbirlar mazmuni: Tuman Kengashi deputati N. Allaberganova "Ko‘chama-ko‘cha" loyihasi doirasida "Nurobod" mahallasi, Muruvvat ko‘chasi, 9-uyda yashovchi fuqaro A. R. bilan uchrashdi. Uchrashuvda aniqlangan bandlik borasidagi muammoni hal etish va fuqaroni ishga joylashtirish chorasi ko‘rildi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A. Komilov

📌 Haftalik ish rejasi doirasidagi barcha tadbirlar deputatlik nazoratiga olingan.

🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram Instagram
Facebook E-Kengash