Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi 6-Do‘stlik saylov okrugi deputati Yakubjan Musayev Beshboy mahallasida joylashgan 63-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va ish jarayonlarini o‘rgandi.
🔅O‘rganish davomida isitish tizimi, xonalar holati, sanitariya-obodonlashtirish ishlari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔅Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavsumni munosib o‘tkazish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!