35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jamoat transporti faoliyati o‘rganildi

Jamoat transporti faoliyati o‘rganildi

🚌Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman kengashi raisi M. Umarovalar tomonidan Qorasuv-Nurafshon–Burgalik yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi avtobusda jamoat transportining muntazamligi, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati, avtobus bekatlarining holati o‘rganildi.

🚌O‘rganish davomida avtobus harakatining belgilangan jadvalga muvofiqligi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bekatlarning sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, chipta olish jarayonidagi qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Bunday o‘rganishlar aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4