Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Huquqiy ma'lumot

#Huquqiy_axborot_soati

Mahalliy Kengashlar vakolatlaridan...


2026-2027 yillarda ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini samarali tashkil etish. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2026 yildagi PQ-48-son qarori)

🔘Amalga oshirish mexanizmi quyidagilardan iborat:

▫️ shakllantirilgan loyiha takliflari bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlari, ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari, loyiha tashkilotlari bilan birgalikda har bir hududning xususiyatlarini inobatga olgan holda joylarda loyihaoldi tadqiqotlarini o‘tkazish;

▫️ loyiha takliflarini ishlab chiqish va xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlari bilan manzilli dasturni tasdiqlash;

▫️ ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish ishlari uchun yer maydonlarini belgilash;

▫️ tasdiqlangan dasturlarni «Turarjoy» MAT orqali ularning hisobini yuritish maqsadida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga taqdim etish. Bunda vazirlik dastur doirasida amalga oshirilgan ishlarning raqamli monitoringini olib boradi;

▫️ har bir loyihaning bajarilishi holatini muntazam ravishda barcha darajadagi vakillik organlari deputatlari tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring qilib borish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram

Slide 1 of 1