Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati D. Arabova tomonidan 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga zarur holatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun maktab hamshirasi tasarrufidagi dori-darmon vositalari zaxirasi o‘rganildi.
янв.21
BUGUN FUQAROLAR MUAMMOLARI TINGLANDI
янв.21
Kogon shahar Tibbiyot birlashmasi qozonxonasidagi isitish qozonini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha.
янв.21
Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini binosidagi mavjud issiqlik tizimini o‘rganib, uni ta’mirlash va soz holatga keltirish uchun zarur mablag‘ ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘iniga kirish qismiga zamonaviy va mahalla hududining umumiy ko‘rinishiga mos kirish darvozasini o‘rnatish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish to'g'risida.
янв.21
MAHALLIY KENGASH QARORI QANDAY YARATILADI?
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: DORI-DARMON TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tomonidan Kogon shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayonining tashkil etilishi holati o‘rganildi.
янв.21
kunlik_ish_reja
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining
“20-Mirzaobod” saylov okrugi deputati R.Amanova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Yuqori Mirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘inida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

❇️Ma’lumki, “Yuqri Mirzaobod” mahallasi tuman Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori bilan og‘ir hudud sifatida tanlab olingan.

✔️ O‘rganish davomida elektr ta’minoti va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladigan loyiha doirasida:
🔹 4 dona transformator o‘rnatish;
🔹 210 dona temir-beton tayanch ustunlarini o‘rnatish;
🔹 6 kilometr SIP kabel tortish (yangilash) ishlari amalga oshirish belgilangan.

✅ Bugungi kunda “SHUXRATJON” X/K tomonidan loyiha doirasida 210 dona elektr tayanch ustunlari to‘liq o‘rnatilgan va 6 kilometr SIP kabel tarmog‘ini tortish ishlari yakunlangan.

✅ Shuningdek, loyiha doirasida 2 dona transformator belgilangan joyga o‘rnatilgan, yana 2 dona transformator obyektga yetkazib kelingan lekin belgilangan joyga o‘rnatilmagan.

✅ O‘rganish yakunida ma'sullarga loyihada belgilangan ishlarni to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5