Toshkent mahallasi hududida Suvonobod, Samarqand va Toshkent mahallalari aholisi ishtirokida “Shukronalik” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi raisi B.Uzoqov, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi Sh.Suvonqulov, deputatlar hamda faol nuroniylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yurtimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan yutuqlar, inson qadri va manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.