35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashiga 18-O‘rtaqo‘rg‘on saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamov Ixtiyor tomonidan saylov okrugi hududida «Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining amaliyotda ijro etilishi o‘rganildi.

O‘rganish ishlari tasdiqlangan savolnoma asosida, qonunchilikda belgilangan talablardan kelib chiqqan holda amalga oshirilib, jarayonda Furqat tumani Kadastr agentligi bo‘limi boshlig‘i K.Tusmatov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 24 sentyabrdagi O‘RQ-336-sonli mazkur Qonuni xususiy mulkni himoya qilish, mulkdorlar huquqlarini kafolatlash, ularning mulkiy huquqlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda mulkdorlarning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgan.

O‘rganish jarayonida, avvalo, xususiy mulk huquqining daxlsizligi, mulkdorning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarining ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi. Qonunning 2-moddasiga ko‘ra, xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir hamda mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollar va tartibdagina o‘z mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin.

Shuningdek, mulkdorlarning o‘z huquqlarini amalga oshirishida teng sharoitlar yaratilganligi, xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi masalalari ko‘rib chiqildi.

Qonunning 5-moddasida xususiy mulk huquqining muddatsizligi, 6-moddasida esa buzilgan xususiy mulk huquqini tiklash va mulkdorga yetkazilgan zararni qonunchilikka muvofiq qoplash kafolatlari belgilangan. Shu nuqtai nazardan, mulkdorlarning huquqlari buzilgan holatlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarining amalda ishlashiga ham e’tibor qaratildi.

Alohida ta’kidlanganidek, qonunning 7-moddasida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi belgilangan bo‘lib, mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdor foydasiga talqin etilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida xususiy mulk huquqini himoya qilishning qonuniy usullari, mulkdorlarning buzilgan huquqlarini tiklash, davlat organlari va mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish imkoniyatlari, shuningdek, qonun talablarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi. Qonun mazkur masalalarni alohida normalar bilan tartibga soladi.

Deputat tomonidan o‘rganish yakuni bo‘yicha mulkdorlar huquqlarini ta’minlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulkiy huquqlariga asossiz aralashuvlarning oldini olish, murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📌 Ushbu yo‘nalishdagi o‘rganish ishlari deputatlik nazoratining muhim shakllaridan biri sifatida davom ettirilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 1