35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — nazoratda

#Deputatlik_faoliyati #deputat_qabuli #haftalik_ish_reja_ijrosi

Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — nazoratda

🗓 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

🤝 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda har bir murojaat yuzasidan aniq va amaliy yechim belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️ Qabul davomida 4 nafar fuqaroning murojaati atroflicha ko‘rib chiqildi. Bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirishlar berilib, murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib tegishli choralar belgilandi.

🔹 2 nafar fuqaroning murojaati masalani hal etishga vakolatli tashkilot rahbarlariga yo‘naltirilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

📝 1 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan muammoni joyiga chiqib, atroflicha o‘rganish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

🔼 1 nafar fuqaroning murojaati esa joyida ijobiy hal etildi.

🧠 Deputatlik faoliyatining asosiy mezoni — fuqarolar ishonchini oqlash va murojaatlarni shunchaki qabul qilib qolmasdan, ularning amaliy yechimiga erishishdir. Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmadi. Chunki xalq bilan ochiq muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va natijadorlik deputatlik faoliyatining ham muhim tamoyillaridan biridir.

📈 Fuqarolarning murojaatlari — hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishning muhim manbai. Shu bois har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, uning ijrosini nazorat qilish va yakuniy natijani ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 4