35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/kengash_margilon/6388?single) 19-Mustaqillik saylov okrugi hududida deputatlik o‘rganishi davomida Turon MFY, Yangi Farg‘ona ko‘chasida ayollar poyabzali ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkor Qodirov Abdullohning murojaati o‘rganilgan edi.

Tadbirkor faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun 100 million so‘m miqdorida aylanma mablag‘ kreditiga ehtiyoj borligini bildirgan. Ushbu mablag‘ ajratilsa, ishlab chiqarishni tiklash va yil yakuniga qadar qo‘shimcha 4 ta yangi ish o‘rni yaratish imkoniyati mavjudligi qayd etilgan edi.

Mazkur murojaat shu kunning o‘zidayoq amaliy davom ettirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalar, shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida deputat Z.G‘ofurova Marg‘ilon shahar hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyatida ishtirok etdi.

Unda Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manzilli dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi, tadbirkorlik subyektlarida mavjud muammolar hamda ularning takliflari o‘rganildi.

O‘rganish davomida Qodirov Abdullohning avvalgi murojaati ham kun tartibiga olib chiqilib, 100 million so‘m miqdoridagi kredit mablag‘iga bo‘lgan ehtiyoji yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Muammoni hal etish maqsadida shahar Agrobank filialiga tegishli taklif kiritildi. Natijada tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi.

Bu holat deputatlik nazoratining faqat muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, uni amaliy yechimga qadar kuzatib borish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Eng muhimi, moliyaviy ko‘mak evaziga tadbirkorlik faoliyati qayta tiklanadi, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkoniyat paydo bo‘ladi.

Bir murojaat — bir muammo. Ammo uning ortida bir oila daromadi, bir necha ish o‘rni va tadbirkorning ertangi kuni turibdi. Deputatlik nazoratining asl mazmuni esa ana shu muammolarni joyida o‘rganib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topishga xizmat qilishdir.

Slide 1 of 4