35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
EKOLOGIK QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari va nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik o‘rganishi Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri, 15-Zuhro saylov okrugi deputati A.Ermatov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan “Zuhro” MFY xotin-qizlar faoli X.Oripova ishtirokida o‘tkazildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limining amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqishga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.

Joylarda o‘tkazilgan o‘rganish davomida ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentyabrdagi O‘RQ-409-son “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida “Zuhro” ko‘chasidagi 23-ko‘p qavatli uy oldi hududida betonlashtirish ishlari amalga oshirilgani va buning natijasida uchta ko‘p yillik daraxt tanasi beton qoplama ichida qolib ketgani aniqlandi. Daraxtlarning tabiiy rivojlanishi va yashash sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bunday holatlar ekologik talablar nuqtayi nazaridan tegishli baholanishi lozim.

Shuningdek, “Zuhro” ko‘chasi, 15-uy oldidagi ko‘p yillik chinor daraxtining bino tomonga sezilarli darajada og‘ib qolgani ham qayd etildi. Mazkur holat, ayniqsa, kuchli shamol vaqtida aholi va atrofdagi mol-mulk xavfsizligiga noqulaylik tug‘dirishi ehtimoli mavjudligi sababli mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, zarur choralar ko‘rilishini taqozo etadi.

Deputatlik o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar tegishli tartibda mas’ullar e’tiboriga yetkazilib, daraxtlarni muhofaza qilish, aholining xavfsizligini ta’minlash hamda ekologik qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi o‘ttiz ikkinchi sessiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi nazorat bo‘yicha Marg‘ilon shahar bo‘limining hisoboti muhokamasi jarayonida ham ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Zero, deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmay, uni qonuniy va amaliy yechimga yo‘naltirishni ham nazarda tutadi. Ayniqsa, yashil hududlarni asrash, ko‘p yillik daraxtlarni muhofaza qilish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasidagi har bir masala doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.

Slide 1 of 8