35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
TARIXIY TASHRIF, YANGI BOSQICH!
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisida 4 ta masala ko‘rib chiqildi.
янв.21
Bir qarashda oddiy masala, ammo aholi uchun muhim
янв.21
Fuqarolar murojaati nazoratga olindi
янв.21
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Daraxtlarni sug‘orish tizimi o‘rganildi
янв.21
Abdulla Qodiriy MFYdagi ko‘p qavatli uylarda chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KOGON SHAHAR KENGASHI KOTIBIYAT MUDIRI SH.ISAMUTDINOVNING SHAXSIY KUNLIK ISH REJASI
янв.21
7–11-SENTABR KUNLARIDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunlar ijrosi o‘rganildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunlar ijrosi o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputatlari tomonidan qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash, ularning amaldagi holatini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tomonidan “Lutfkor” mahallasi hududida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli hamda 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli qonunlari talablarining ijrosi atroflicha tahlil etildi.
Xususan, mazkur qonunlarda belgilangan vazifalarning ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi, maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrab olish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, ta’lim sifati va samaradorligi, pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda qonunchilikda belgilangan talablarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga qonun talablariga qat’iy rioya etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sohasida belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bunday manzilli o‘rganishlar qonunlarning amaldagi ijrosini nazorat qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish hamda ta’lim sohasidagi muammolarni tizimli hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1