35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov hamda Kengash bosh mutaxassisi I. Ikromov tomonidan deputat Sh. Mardonovning saylov okrugidagi mavjud muammo va imkoniyatlar o‘rganildi.
янв.21
Muammo izlandi — imkoniyat aniqlandi — yechim sari qadam tashlandi!
янв.21
Kogon shahrida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini mustahkamlash va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi Kotibiyati xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
KOGON SHAHRIDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARINI O‘RGANISH BO‘YICHA ISHCHI GURUH TUZILDI
янв.21
#kunlik_ish_reja
янв.21
Kogon shahar “Abdulla Qodiriy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Kogon” ko‘chasi fuqarolari tomonidan mazkur ko‘chalar tungi yoritish chiroqlari bilan ta’minlanmaganligi va bu holat fuqarolarning tunda bemalol harakatlanishiga to‘siq bo‘layotganligi to'g'risida.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati K. Yodgorova tashabbusi bilan Xo‘jabargi mahallasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️TIBBIY XIZMAT SIFATI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva “Shirinobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan birgalikda Yashnobod tumanidagi 2-son shahar klinik shifoxonasida bo‘lib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar va yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida bemorlarga davolash va reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish jarayoni, shifoxonaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy kadrlar bilan ta’minlanganligi, shuningdek, kuz-qish va isitish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shifoxona bosh shifokori U. Ro‘ziyev muassasa faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar haqida deputatlarga batafsil ma’lumot berdi.

🩺 2-son shahar klinik shifoxonasi 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda terapiya, nevrologiya va kardiologiya bo‘limlari faoliyat yuritadi. Shuningdek, fizioterapiya bo‘limida bemorlarning tiklanishi va reabilitatsiyasi uchun zarur muolajalar amalga oshirilmoqda.

♨️ Sevara Fayziyeva shifoxonaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga ham alohida e’tibor qaratdi. Muassasada zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan mahalliy qozonxona mavjud bo‘lib, u shifoxonani isitish va issiq suv bilan ta’minlaydi. Isitish mavsumida tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

🏗 O‘rganish jarayonida shifoxonaning 2026-yil uchun respublika investitsiya dasturiga kiritilgani ham qayd etildi. Dastur doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan laboratoriya binosini to‘liq rekonstruksiya qilish va zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilgan. Mazkur loyiha diagnostik tekshiruvlarning sifati va tezkorligini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

👨‍⚕️ Shifoxonaning tibbiy kadrlar bilan ta’minlanganligi ham o‘rganildi. Hozirda muassasa tibbiy mutaxassislar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, joriy yilning o‘zida Toshkent tibbiyot akademiyasining 3 nafar bitiruvchisi — 1 nafar kardiolog va 2 nafar nevrolog shifokor ishga qabul qilingan.

🛠 Bemorlar uchun munosib sharoit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi. Shifoxona uch yil davomida “Tashabbusli budjet” dasturlarida g‘olib bo‘lgan. Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan fizioterapiya bo‘limida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, oshxona xonalari belgilangan sanitariya talablariga muvofiqlashtirilgan.

💡 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini bevosita joyiga chiqib o‘rganish bilan hamohangdir. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish va issiq suv ta’minoti, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda investitsiya loyihalarining ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, bemorlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni joyiga chiqib o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan ekanini qayd etdi.

✅ O‘rganish yakunida shifoxonada davolash va reabilitatsiya xizmatlarini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tibbiy xizmat sifatini izchil oshirib borish muhimligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10