🤩Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova hamda 12-Navzandak saylov okrugi deputati D. Sanayeva tomonidan Shopo‘lott mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
🤩O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va samaradorligi, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.
🤩Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
🤩Mazkur o‘rganish ishlari Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuman ijtimoiy xizmatlar markazi rahbarining hisobotini ko‘rib chiqish doirasida olib borilmoqda.