2026-yil 28-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan “Deputat daftari” asosida Iskandar qishlog‘idagi aholi muammolari o‘rganildi.
🏠 Mazkur qishloqda jami 300 ta xonadon istiqomat qiladi.
🔎 O‘rganish davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan asosiy muammolardan biri — qishloqda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun maxsus transport vositasi biriktirilmaganligi aniqlandi.
🗣 Mazkur holat yuzasidan aholining haqli e’tiroz va murojaatlari tinglandi.
📌 Muammoni bartaraf etish maqsadida masala tegishli tashkilotga yo‘naltirish va amaliy yechim topish uchun taklif qilindi.